Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

RASMIY MUNOSABAT

21-fevral 2025-yil
image

Ishtimoiy tarmoqda, teledasturlarda Furqat tumanidagi 7-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi qurilishi boshlanmaganligi va paysalga solingani hamda yuz nafar tarbiyalanuvchilar sarsonligi iddao qilingan.

Holat tegishli tartibda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

Furqat tumani Chekko‘prik MFY hududida joylashgan 7-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 1972-yilda 50 o‘rinli moslashtirilgan shaklda qurilgan bo‘lib, 80 nafar tarbiyalanuvchilarni qamrab olgandi.

O‘rganish jarayonida Maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi amaldagi talablariga javob bermasligi, bundan tashqari, qo‘shimcha bino qurish uchun maktabgacha ta’lim tashkiloti hududida joy yetarli bo‘lmaganligi sababli mavjud 50 o‘rinli bino o‘rniga zamonaviy 120 o‘rinli yangi bino qurish bo‘yicha loyiha tayyorlanib, “Investitsiya” dasturi asosida rekonstruksiya qilish bo‘yicha manzilli dasturiga takliflar kiritganligi aniqlandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi “2024-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  PQ-404 sonli qororga asosan Furqat tumanidagi 7-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi 2025-yilda rekonstruksiya qilinib, mavjud 50 o‘rinli yaroqsiz binosi buzilib, o‘rniga 120 o‘rinli zamonaviy bino qurilishi belgilanib, ushbu qurilish-ta’mirlash ishlari uchun jami 3,6 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. 

Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim muassasasini rekonstruksiya qilish bo‘yicha pudratchi tashkilotini aniqlash maqsadida buyurtmachi tashkilot tomonidan tender savdolariga chiqarish ishlari yakuniga yetganligi va tez kunlarda bunyodkorlik ishlari boshlanishini ma’lum qilamiz.
 
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb