Yangiliklar
Yozyovonda “Sayyor qabul” tashkil etildi
21-fevral 2025-yil
Sohalar kesimida eng ko‘p murojaatlar kelib tushgan hududlarda aniqlangan tizimli muammolarni o‘rganish va bartaraf etish bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari bilan o‘tkaziladigan "sayyor qabullar" reja-jadvaliga muvofiq “Inson qadri” tamoyili asosida hududlarda "sayyor qabullar"ni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining Farg‘ona viloyati Yozyovon tuman 6-umumiy o‘rta ta'lim maktabi binosida “Sayyor qabul” tashkil etildi.
Viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabul davomida 12 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etishib, shundan 8 nafar fuqarolar murojaati tinglandi, 6 ta murojaat ijobiy hal qilindi, 2 ta murojaatga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Murojaatlarning asosiy qismi, mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashish, qurilish-ta'mirlash, qo'shimcha bino qurish masalasida bo‘ldi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.