Yangiliklar
"Sifatli ta'lim — kelajak poydevori" shiori ostida o'quv-amaliy seminar tashkil etildi.
21-fevral 2025-yil
Marg'ilon shahridagi 1-DIUMda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2024 -yil 26-martdagi "Umumiy o'rta ta'lim muassasalari yuqori sinf o'quvchilarining qiziqishi va qobiliyatiga ko'ra, fanlarni chuqurlashtirib o'qitish hamda zamonaviy kasblarni o'rgatish to'g'risida"gi 96-sonli buyrug'iga asosan tashkil etilgan tanlov sinflarda "Sifatli ta'lim — kelajak poydevori" shiori ostida o'quv-amaliy seminar tashkil etildi.
Tadbirda muassasaning 10-"A" tanlov sinfida algebra fanidan "Funksiyaning aniqlanish sohasi" mavzusida, 8-"I"sinfida "Metallarda elektr toki" mavzusida va 3-"F" sinfida "Sifat" mavzusida ochiq darslar tashkillandi.
Seminarda Toshloq, Qo'shtepa tumanlari va Marg'ilon shahri maktablarining o'quv-ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari hamda tajribali fan o'qituvchilari 85 nafar pedagoglar ishtirok etishdi.
Tadbirda tanlov sinfning afzalliklari va tanlov sinfning kelgusidagi faoliyatlari va tuman umumta'lim maktablarida ham tanlov sinflar tashkil qilish va uning afzalliklari to'g'risida fikr almashildi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.