Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Bugun Furqat tumanidagi 37-maktabida "Ilmni qadrlang, ilmga intiling!" shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

25-may 2023-yil
image

Tadbirda maktab o‘quvchi va o‘qituvchilari, sektor rahbarlari, jamoatchilik vakillari, bitiruvchilarga o‘z tilaklarini bildirdilar.

Tadbir davomida tumanю hokimligi hamda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan respublika va viloyat miqyosida o‘tkazilgan turli tanlovlarning g‘olib va sovrindorligini qo‘lga kiritgan faol o‘quvchilar va ularning ota-onalariga, fidoyi ustoz-murabbiylarga diplom, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Xususan, maktab ingliz tili fani bo‘yicha “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” Prezident sovrini uchun o‘tkazilgan tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan 5 nafar iqtidorli o‘quvchilarning har biri zamonaviy noutbuk va ularning o‘qituvchilari esa pul mukofotlari bilan alohida rag‘batlantirildi.  

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb