Yangiliklar
SIZ EKOLOGIYAGA OID QONUNLARNI BILASIZMI?" KO‘RIK-TANLOVI VILOYAT BOSQICHI G‘OLIBI ANIQLANDI
20-fevral 2025-yil
Ma’lumki, hukumatimizning hamda vazirligimizning bir qator hujjatlari asosida 2025-yildan boshlab, har yili yanvar-mart oylari davomida respublikamizning barcha umumta’lim maktablarining yuqori sinf (14-17 yosh) o‘quvchilari o‘rtasida “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.
Avval xabar berganimizdek, ikki kun davom etgan mazkur tanlovning Farg‘ona viloyat-hududiy bosqichi bugun yakunlandi.
Unda viloyatimizdagi 19 ta tuman va shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar jamoalari ishtirok etdi.
Ushbu tanlovga ishtirokchilar har tomonlama tayyorgarlik ko‘rgan, deyarli barcha shartlarni a’lo darajada bajarishdi.
Sahna ko‘rinishlari, savol- javoblarda har bir jamoa o‘z iqtidorlarini namoyish qilishdi.
Hakamlar qaroriga asosan “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida O‘zbekiston tumanidagi 49-umumiy o‘rta ta’lim maktabining "Yashil kelajak vakillari" jamoasi birinchi o‘ringa munosib deb topildi.
G‘olib jamoa mazkur tanlovning mart oyida bo‘lib o‘tadigan Respublika bosqichida ishtirok etadi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.