Yangiliklar
"Men giyohvandlikka qarshiman" shiori ostida rasmlar va insho tanlovi
20-fevral 2025-yil
Rishton tumanidagi "Barkamol avlod" bolalar maktabida tumandagi oʻquvchi yoshlar oʻrtasida "Men giyohvandlikka qarshiman" shiori ostida rasmlar va insho tanlovi tashkil etildi.
Unda rassomchilik va til adabiyotga qiziqishi boʻlgan iqtidorli oʻquvchi yoshlar ishtirok etdilar. Yosh ijodkorlarning yozgan insholari hamda chizgan ijodiy ishlari hakamlar hayʼati tomonidan xolisona baholandilar.
Bellashuvda 1-2-3-o'rinlarni qoʻlga kiritgan oʻquvchi-yoshlar maktab tomonidan esdalik sovgʻalari va diplom bilan taqdirlandilar.
Tadbirni tashkil etishdan asosiy maqsad oʻquvchi yoshlarning isteʼdodlarini aniqlash hamda ularning giyohvandlik boʻyicha bilim koʻnikmalarini rivojlantirishdan iboratdir.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.