Yangiliklar
Viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasida hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
20-fevral 2025-yil
Bugun Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlang‘ich Kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2020-yildan 2025-yilgacha bo‘lgan davri mobaynidagi faoliyatiga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi apparat xodimlari hamda Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona shahar kengashi raisi Nozima Mirsalimova qatnashdilar.
Tadbirni viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov ochib, saylov xolis va shaffof o‘tishi lozimligini taʼkidlab, ishtirokchilarni faol bo‘lishga chaqirdi. Saylanishi kutilayotgan boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti a’zolariga omad tiladi va yig‘ilishni tark etdi.
Tadbir avvalida uyushma a’zolariga mas’ullar tomonidan o‘tgan davr yuzasidan boshqarma kasaba uyushmasi qo‘mitasining faoliyatiga bag‘ishlangan hisobot berildi.
Ushbu davrga berilgan hisobot yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan qoniqarli deb e’tirof etildi.
Shundan so‘ng ochiq ovoz berish tartibida ko‘p ovoz olgan Jo‘rabek Sodiqov boshqarma Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisligiga saylandi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.