Yangiliklar
QUVASOYDA VILOYAT SEMINARI TASHKILLANDI
19-fevral 2025-yil
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 26-martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari yuqori sinf o‘quvchilarining qiziqishi va qobiliyatiga ko‘ra fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish hamda zamonaviy kasblarga o‘rgatish to‘g‘risida”gi 96-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat bo‘yicha tanlov fanlari joriy etilgan taʼlim muassasalarida taʼlim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, rahbar va pedagoglar mas’ulligini oshirish, ta’lim tizimida mavjud muammolarning yechimini topishda metodik yordam ko‘rsatish, o‘qituvchilarni muntazam tarzda yangiliklardan xabardor qilish, ilg‘or metodikalar bilan tanishtirish va tajriba almashish maqsadida joriy yilning 19-fevral kuni Quvasoy shahar 2-IDUMda “Ta’lim insonni ma’naviy kamolot sari yetaklaydigan buyuk yo‘lidir” shiori ostida viloyat o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Bunda viloyatdagi ta’lim muassasalarida 100 nafardan ortiq joriy etilgan tanlov sinf maktab rahbari, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda ilg‘or tajribali fan o‘qituvchilari qatnashdilar.
Seminar dasturiga ko‘ra, maktabning 10 nafar oliy hamda birinchi toifali o‘qituvchilari tomonidan ona tili, adabiyot, ingliz tili, kimyo, geografiya hamda boshlang‘ich sinflarda ochiq dars mashg‘ulotlarini olib bordi.
Yuqori saviyada tashkil etilgan seminar so‘ngida ishtirokchilar tomonidan ochiq darslar bo‘yicha tahliliy jarayon o‘tkazilib, fan o‘qituvchilariga o‘zlarining taklif, tavsiya va mulohazalarini bildirib o‘tishdi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.