Yangiliklar
Maktablarida tashkil etilgan inklyuziv ta’lim sinflari holati o‘rganildi
19-fevral 2025-yil
Xabaringiz bor O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta'lim va sog'liqni saqlash masalalari qo'mitasi ishchi guruhi Farg'ona viloyatida "Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish, ularning jamiyatga moslashuvini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati bo'yicha" o'rganish ishlarini olib bormoqda.
Ishchi guruh azolari tomonidan Farg‘ona, Marg‘ilon shaharlari va Bog‘dod, Qo‘shtepa, Rishton tumanlaridagi viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablarida tashkil etilgan inklyuziv ta’lim sinflarida hamda uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan o‘quvchilarga yaratilgan shart va sharoitlar, berilayotgan ta’lim va tarbiya jaryonlari, sifati va samaradorligi hamda amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi.
Maktab o’quvchilari va o‘qituvchilari hamda soha mas’ullari bilan suhbatlashildi.
Bugungi pedagog o‘qitishning eng ilg‘or uslublarini o‘zida mujassam etishi bilan birga, mamlakatimizda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, darslarini namunali tarzda tashkil etishi, sohada faoliyatini yanada takomillashtirishi bo'yicha zarur ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.