Yangiliklar
"SIZ EKOLOGIYAGA OID QONUNLARNI BILASIZMI?" KO‘RIK-TANLOVI FARG‘ONA VILOYAT BOSQICHIGA START BERILDI
19-fevral 2025-yil
Hukumatning hamda vazirligimizning bir qator hujjatlari asosida 2025-yildan boshlab, har yili yanvar-mart oylari davomida respublikamizning barcha umumta’lim maktablarining yuqori sinf (14-17 yosh) o‘quvchilari o‘rtasida “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda.
Mazkur tanlov 5 bosqichdan iborat bo‘lib,
birinchi — saralash (ta’lim muassasa),
ikkinchi — sektor,
uchinchi — tuman (shahar),
to‘rtinchi — hududiy (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri),
yakuniy beshinchi — (respublika) bosqichlari yanvar-mart oylarida bo‘lib o‘tadi.
Bugun ushbu tanlovning Farg‘ona viloyat — hududiy bosqichiga start berildi.
Tanlovda 19 ta shahar va tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar ishtirok etmoqda.
Tadbir Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazining faollar zalida bo‘lib o‘tmoqda.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.