Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

TANLOV G‘OLIBLARI ANIQLANDI

18-fevral 2025-yil
image

Farg‘onada Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablar o‘rtasida "Teatr ibratxonadir" shiori ostida o‘tkazilayotgan tanlovning hududiy bosqichi ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

Xabaringiz bor, tadbirda viloyatimizda joylashgan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalarining 20 ta teatr jamoalari belgilangan tartibda Nizom asosida o‘z ikki kun davomida oʻzaro bellashdilar. 

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Farg‘ona tuman ixtisoslashtirilgan maktabining teatr jamoasi birinchi, Uchko‘prik tuman ixtisoslashtirilgan maktabining teatr jamoasi ikkinchi va Furqat tuman ixtisoslashtirilgan maktabining teatr jamoasi uchinchi o‘ringa munosib, deb topildi.

G‘oliblar va mazkur tanlovning hududiy bosqichida tanlovning hududiy bosqichida qatnashgan barcha ishtirokchilar viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Tanlov g‘oliblari hamda ishtirokchilarga diplom, tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alarni viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori maslahatchisi E’zoza Karimova va soha mas’ullari tantanali ravishda topshirdilar.

Farg‘ona viloyati bosqichida g‘olib bo‘lgan Farg‘ona tuman ixtisoslashtirilgan maktabining teatr jamoasiga esa Respublika bosqichiga omadlar tilab qolamiz.


Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb