Yangiliklar
My.gov.uz – Hayotiy Vaziyatlar Uchun!
18-fevral 2025-yil
Bugun Toshloq tumanidagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida maktab ta’limi xodimlari va o‘quvchilari uchun “My.gov.uz hayotiy vaziyatlar uchun!” loyihasi doirasida seminar-trening tashkil etildi.
Seminar davomida My.gov.uz portalining imkoniyatlari yanada keng ochib berildi.
Shuningdek, Davlat xizmatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha atroflicha tushunchalar berildi.
Tadbir so‘ngida Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha masʼullaridan javoblar oldilar.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.