Yangiliklar
Bugun Respublika "XT-XARID" Davlat xaridlari elektron tizimi mas’ul xodimlari tomonidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi faollar zalida elektron tizimining ishlatish tartibi to‘g‘risida amaliy seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
24-may 2023-yil

Mazkur tadbirda viloyat shahar va tumanlar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarini Davlat xaridlari bo‘yicha mas’ul xodimlariga "XT-XARID" Davlat xaridlari elektron tizimida ishlash yuzasidan mutaxassislar tomonidan batafsil ma’lumot va yo‘riqlar berildi.
Seminarda savol-javoblarga keng imkoniyat berildi.
Seminar doirasida shahar va tumanlar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining bosh hisobchilari hamda xarid bo‘yicha mas’ullar o‘zaro ish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan tajriba ham almashishdi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.