Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

“Teatr ibratxonadir”

18-fevral 2025-yil
image

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarining “Turon” o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasida “Teatr ibratxonadir” shiori ostidagi tanlovning hududiy bosqichiga start berildi. 

Kecha mazkur tadbir Farg‘ona viloyatlarida joylashgan maktablarining teatr jamoalari oʻrtasida boshlandi.

Viloyatda joylashgan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi 20 ta jamoa o‘zaro belgilangan tartibda Nizom qayt etilgan shartlar asosida bellashmoqdalar.
Tadbirning birinchi kunida 10 ta jamoa 15 daqiqali sahna ko‘rinishlarni taqdim etishdi. 

Bugun tanlov davom etadi. Unda yana 10 ta jamoaning teatrlashgan sahnalari hayat a’zolari tomonidan baholanadi. 

Hududiy bosqich bellashuvlari Marg‘ilon shahrida joylashgan Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida o‘tkazilmoqda.

 Ushbu ta’lim muassasasida tanlovning talablar asosida o‘tishi uchun shart va sharoitlar mavjud, shuningdek, jarayonlarini shaffof, adolatli va xolisona o‘tkazish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. 

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb