Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

HAMKASBLAR HAMKORLIGI DAVOM ETMOQDA

17-fevral 2025-yil
image

Bag'dod tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga tumandagi 46-umumiy o'rta ta'lim maktabi tarix fani o'qituvchilari mazkur maktabda o‘quvchilar bilimlarini oshirishda foydalanilayotgan ilg‘or metodlarni o‘rganish maqsadida keldilar. 

Ular kun davomida muassasaning mohir va tajribali o‘qituvchilarining ish faoliyatlari bilan yaqindan tanishdilar. 

Hamkasblar dars tahlili, uni tashkil qilish usullari, yangi baholash tizimining afzalligi  haqida tajriba almashdilar.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb