Yangiliklar
Milliy kiyimlar – har bir xalqning o‘ziga xos madaniyatini, tarixini va qadriyatlarini aks ettiradigan jihatdir.
17-fevral 2025-yil
Unda o‘quvchilar darslarda ishtirok etishi, nafaqat milliy identifikatsiyani mustahkamlashga yordam beradi, balki yosh avlodga o‘z madaniyatini hurmat qilishni, qadrlashni o‘rgatadi.
Kuni kecha Furqat tumanidagi 29-umumiy oʻrta taʼlim maktabida
maʼnaviyat soati darsida oʻquvchilar bilan "Milliy liboslar – maʼnaviyat koʻrki" mavzusida oʻtkazilgan davra suhbatida yuqorida keltirilgan fiklar muhokamadan o‘tdi.
Shuningdek, muloqot davomida milliy an’analarimiz, madaniy meroslarimiz, milliy liboslarni kiyish odobi xususida keng ma’lumotlar berildi.
Suhbat chog‘ida tashkillangan milliy matolardan tikilgan zamonaviy liboslar barcha oʻquvchi yoshlarga milliy qadriyatlarga muhabbat va eʼtiborini oshirib, vatanparvarlik tuygʻularini rivojlantirishga munosib hissa qoʻshishi alohida ta’kidlandi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.