Yangiliklar
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi keng nishonlandi
15-fevral 2025-yil
Quva tumanidagii 51-umumiy o‘rta ta'lim maktablarida shoh va shoir, davlat arbobi, buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bag‘ishlangan “Buyuk siymo” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir ilm maskani jamoasi va o‘quvchilar ishtirokida keng nishonlandi. Shoirning hayotiy yo‘li va ijodining markaziy jihatlari, ayniqsa, "Boburnoma" asari haqida qisqacha taqdimotlar qilindi.
Bobur haqidagi she’rlar o‘qilib, uning turli asarlaridan parchalar tinglandi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.