Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

RASMIY MUNOSABAT

14-fevral 2025-yil
image

Ijtimoiy tarmoq sahifalarida “Marg‘ilondagi o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi” mazmunida lavha tarqaldi. Bu holat Marg‘ilon shahridagi 2-maktabda ro'y berganligi tilga olingan.

Yuqoridagi holat yuzasidan Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi quyidagilarni ma'lum qiladi: mazkur noxush holat Marg‘ilon shahridagi 2-maktabda emas, balki 11-maktabda o‘tgan yili dekabr oyida sogir bo‘lgan.

Maktabning 8-“A” sinf rahbari S.D. 8-sinf o‘quvchisi T.M. muntazam darsdarga kirmay yurgani, ko‘p sho‘xlik qilgani va o‘qituvchilarning shikoyatlari sababli koyib, tanbeh berib, tartibga chaqirgan. O‘quvchiga muallimaning so‘zlari yoqmagan va u ustozga nisbatan hurmatsizlik qilib, qo‘pol so‘zlar bilan gap qaytargan. O‘qituvchi o‘zini tutolmay, asabiy holatda o‘quvchiga qo‘l ko‘targan. 

Ushbu ko‘ngilsiz voqea maktab jamoasida muhokama qilingan.

Muallima o‘zining xatti-harakatidan afsusdaligini, bunday holat qaytarilmasligini bildirgan. 

Maktab rahbariyati o‘qituvchiga pedagogga xos bo‘lmagan harakatlarni sodir etgani uchun unga nisbatan 2024-yili 28-dekabr kuni tegishli tartibda intizomiy jazo chorasini qo‘llaganligini ma’lum qilamiz.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb