Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

FIZIKA VA KIMYO FANLARIDAN O‘QITUVCHILAR OLIMPIADASI O‘TKAZILMOQDA

14-fevral 2025-yil
image

Respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Farg‘ona viloyatida ham fizika va kimyo fanlaridan o‘qituvchilar olimpiadasining shahar va tuman bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 30-sentyabrdagi PQ-346-son, “Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 12-avgustdagi PQ-4805-son hamda “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 19-martdagi PQ-5032-son qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 13-yanvardagi 8-sonli buyrug'i hamda Farg'ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'ining 2025-yil 20-yanvar kungi 16-sonli buyrug'iga asosan viloyatimizda  bugun "Davlat va nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida faoliyat ko‘rsatayotgan fizika va kimyo fani o‘qituvchilari" o‘rtasida olimpiada o‘tkazililmoqda.

Mazkur olimpiadaning ilk kunida jami bo'lib 484 nafar fizika fani o'qituvchilari ishtirok etishdi.

Ertaga belgilangan tartibda kimyo fani o‘qituvchilari bilimlar sinovda qatnashadilar.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb