Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

"Kitobxon sinf" tanlovi o'tkazildi

14-fevral 2025-yil
image

Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan Rishton tumanidagi 19-umumiy o'rta ta'lim maktabida uning "Boburnoma" asari asosida fan o'qituvchisi Diloromxon Tillaboyeva boshchiligida 8-"A" va 8-"B" sinflar o'rtasida "Kitobxon sinf" tanlovi o'tkazildi.

Boburning hayoti, ijodini va "Boburnoma" asari bo‘yicha eng bilimdon, deb topilgan 8-"A" sinf jamoasi g'olib deb e’tirof etildi.

Kitobxon o'quvchilar maktab ma'muriyati va homiylar tomonidan taqdirlandilar.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb