Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

RASMIY MUNOSABAT

14-fevral 2025-yil
image

Ijtimoiy tarmoqda «Maktab panjarasini bo‘yash maktab o‘quvchilariga qoldimi?» sarlavha ostida tarqatilgan tanqidiy lavha viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan o'rganib chiqildi.

Mazkur lavhada “Farg‘ona shahridagi 3-maktabning tashqi temir to‘sqichlarini 14-15 yosh bolalar tomonidan bo‘yash ishlarini qilayotganligi”, amaldagi qonunlarimizga zid ravishda voyaga yetmaganlarni majburiy mehnatga tortilganligi bayon qilingandi... 

O‘rganish davomida 2025-yil 7-fevral kuni taxminan soat 16-00 larda Farg‘ona shahridagi 3-maktabning olti nafar 8-sinf o‘quvchilari dars vaqtida maktabning xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari rahbarligida maktab atrofi o‘ralgan temir panjaralarini bo‘yashgani aniqlandi.

Holat yuzasidan ushbu o‘quvchilar bilan pedagoglar ishtirokida suhbatlashilganda ular shu kuni darsga kirmasdan maktabning temir panjarasini o‘z ixtiyorlari bilan bo‘yashda yordamlashishganligini, ularni hech kim ushbu ishni bajarishda majbur qilmaganini bildirishgan. 

Yuqoridagi aniqlangan kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan va sababchi bo‘lgan, zimmasidagi vazifaga mas’uliyatsiz hamda eʼtiborsiz, deb topilgan maktabning ikki nafar o‘qituvchisi, ikki nafar direktor o‘rinbosarlari va  mkatab direktoriga nisbatan intizomiy "hayfsan" jazo chorasi qo‘llanildi. 

Ma'lumot o'rnida aytish kerakki, boshqarma boshlig‘i tomonidan tomonidan joriy yilning 13-fevral kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda shahar va tumanlar maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi hamda ta’lim muassasa rahbarlari mazkur noxush holatlarni qayta sodir etmaslik yuzasidan ogohlatirilganligini ma’lum qilamiz. 

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb