Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Bugun 14-fevral – shoh va shoir, buyuk davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tug‘ilgan kun

14-fevral 2025-yil
image

Qayg‘ungni cheka-cheka qaribdur Bobur,
Rahm aylaki, o‘zidin boribdur Bobur.
Noranj yubordi sangakim, bilmagaysen,
Ya’niki, bu nav’ sarg‘oribdur Bobur.

Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo 1483-yil 14-fevralda Andijonda dunyoga kelgan. Boburning otasi – Umarshayx Mirzo Farg‘ona viloyati hokimi, onasi – Qutlug‘ Nigorxonim. 

Bobur nomini dunyoga mashhur qilgan shoh asari «Boburnoma» hisoblanadi. 

She’rlarining umumiy hajmi 400 dan ortadi. Shundan 119 g‘azal, 231 ruboiy va tuyuq, qit’a, fard, masnaviy kabi janrlarda asarlar yaratgan.

She’rlarini mavzu jihatidan oshiqona, ta’limiy, tasavvufiy, hasbi hol kabi turlarga ajratish mumkin. Uning she’riyati intellektual qalb izhori sifatida ardoqlidir. 

Bobur ruboiy janrini turkiy adabiyotda yuksaklikka olib chiqqan shoirdir.

Zahiriddin Muhammad Bobur 47 yoshida o‘zi asos solgan Boburiylar saltanati poytaxti Agrada vafot etgan va o‘sha yerda dafn etilgan, keyinchalik vasiyatiga muvofiq, hoki Qobulga keltirilib, o‘zi bunyod ettirgan «Bog‘i Bobur»ga qo‘yilgan.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb