Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

ISLOHOT, AMALIYOT, NATIJA

13-fevral 2025-yil
image

 Xabar berganimizdek, bugun  Toshloq tumanidagi 20 dan ortiq  umumiy o‘rta  ta’lim  maktablarida “Yangi O‘zbekistonning  yangi maktabi” g‘oyasi asosida  umumiy  o‘rta ta’lim  muassaslarida  ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, o‘quvchilarni milliy va umuminsoniy  qadriyatlarga hurmat, yuksak  axloqiy fazilatlar ruhida tarbiyalash, maktabdagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilashda ota-onalarning hamkorligi va  masʼuliyatini oshirish, maktab jamoasi, ota-onalar hamda  jamoatchilikning o‘zaro munosabatlarida odob-axloq va ichki tartib-qoidalarga rioya qilinishini ta’minlash maqsadida “Maktab, ota-ona, mahalla zanjiri” asosida oilada farzand tarbiyasiga bo‘lgan e’tibor va masʼuliyatni  kuchaytirish hamda o‘quvchilarda  tarbiyaviy fazilatlarni  shakllantirishga qaratilgan “Islohot -amaliyot-natija” mavzusida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda hududdagi shahar va tumanlardan maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha bosh mutaxassislar, umumiy o‘rta ta’lim maktablarning direktorlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, amaliyotchi psixologlar ishtirok etdilar.

Tadbir ishtirokchilari maktablarda  tashkil etilgan ijodiy ishlar “Islohot-amaliyot-natija” mavzusidagi ko‘rgazma hamda  maktab rahbarlari, sinf va to‘garak rahbarlarining me’yoriy ish hujjatlari bilan tanishish bilan birga, tashkil etilgan dars mashg‘ulotlari, faoliyat yuritayotgan to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, voyaga yetmaganlarda turli tobeliklar (mobil telefonlar, turli psixoaktiv moddalar, kompyuter o‘yinlari va boshqa zararli odatlari)ning oldini olish maqsadida o‘quvchilar, pedagoglar hamda ota-onalarning psixologik bilimini oshirish bo‘yicha tashkillanayotgan trening mashg‘ulotlarini ham kuzatdilar.
Ishtirokchilar adabiyot haftaligi  doirasida Hazrat mir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud kunlariga  bag‘ishlangan tadbirlarda ham  ishtirok etdilar.
Tumandagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan “ochiq eshiklar kuni”ning yakuniy  yig‘ilishida tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tizimidagi ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya  samaradorligini oshirish borasida  amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama etildi. 

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb