Yangiliklar
Bag‘dod tumanida “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” ko‘rik tanlovining tuman bosqichi g‘olibi aniqlandi.
13-fevral 2025-yil
Xabaringiz bor, mazkur tanlovning sektorlar bosqichi bo‘lib o‘tgan edi.
Kuni kecha 56-maktabda bellashuvning tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda sektorlarda g‘olib bo‘lgan 4 ta va yuqori natijaga erishgan 2 ta maktab jamoalari qatnashdilar.
4 ta shart mezonida jamoalarning tanlovga tayyorgarlik darajalari odil hakamlar tomonidan baholab borildi.
1-o‘rin – 17- maktab;
2-o‘rin – 3- IDUMI;
3-o‘rin – 8-maktab;
▫️Eng huquqiy bilimdon jamoa – 25 maktab;
▫️Eng kreativ va samarali g‘oya – 18 maktab;
▫️Eng yaxshi ekologik tafsilotchi – 20 maktab jamoalariga nasib etdi.
G‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.