Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Farg‘ona viloyatida Al-Xorazmiy olimpiadasi davom etmoqda

12-fevral 2025-yil
image

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tabdirlari to‘g‘risida” 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-son va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 29-yanvardagi 24-sonli buyrug‘i hamda Farg'ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining 2025-yil 30-yanvardagi 30-sonli buyrug'iga asosan viloyatimizda Al-Xorazmiy olimpiadasi o'tkazilmoqda.

Ushbu olimpiadaning shahar va tumanlar bosqichida viloyatdagi maktablardan 7-sinflardan aniq va tabiiy fanlarda jami 4 539 nafar, 8-sinflardan aniq va tabiiy fanlarda 4 568 nafar ishtirokchilar ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Bugungi jarayonlarda viloyatimizdagi shahar va tumanlardagi umumiy ta’lim maktablardan jami 4 535 nafar o'quvchilar qatnashib tabiiy fanlardan o‘zaro bellashmoqdalar.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb