Yangiliklar
Oltiariq tumanida ham Al-Xorazmiy nomidagi fanlar (Science) olimpiadasi belgilangan talablar asosida o‘tkazilmoqda
11-fevral 2025-yil
Olimpiadaning tuman bosqichi tumandagi 4-umumiy o’rta ta’lim maktabida o‘tkazilmoqda. Ushbu ta’lim maskanida tadbirni o‘tkazish uchun bellashuv ishtirokchilariga barcha sharoitlar yaratib berilgan.
Shuningdek, jarayonlar olimpiada Nizomi talablari asosida, shaffof va odilona o‘tishini ta’minlash choralari ko‘rilgan.
Tadbir ishtirokchilarini kuzatish kameralari orqali nazorat qilinmoqda.
Tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bolimi rahbariyati ushbu bellashuvda hakamlar hayʼati tomonidan eng bilimdon o‘quvchini tanlashi va g‘oliblar keyingi bosqichlarda tuman va viloyat shaʼnini munosib himoya qilishlariga ishonch bildirgan.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.