Yangiliklar
RASMIY MUNOSABAT
11-fevral 2025-yil
Ijtimoiy tarmoqda "Maktab psixologi o‘z vazifasiga munosibmi?" sarlavhasi ostida tarqatilgan tanqidiy lavha tegishli tartibda o‘rganib chiqildi.
O‘rganish davomida mazkur tasvirdagi holat o‘tgan yil Qo‘qon shahridagi 33-maktabda oshxona ochgan tadbirkor tomonidan tasvirga olingani, muassasa rahbari tomonidan ogohlantirishlariga qaramay, muassasada amaliyotchi psixolog vazifasida ishlayotgan N.J. o‘z uyida pishiriqlar tayyorlab, uni amaldagi tartibga zid ravishda maktab o‘quvchilariga sotib yurgani aniqlangan. Ushbu pishiriq - xotdog - tez ayniydigan mahsulotlardan tayyorlangani, o‘quvchilarning sog‘liklariga salbiy ta’sir qilishi mumkinligi sababli maktab oshxonasi oshpazlari ham N.J. ning noxush harakatlariga qarshilik qilishgan.
Holat shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi va Qo‘qon shahar sanitariya epidimiologiya bo‘limi xodimlari tomonidan tekshirishlar o‘tkazilib, N.J. dan amaldagi tartibga zid bo‘lgan noto‘g‘ri harakatlari yuzasidan tushuntirish xati olishgan. Tushuntirish ishlari amalga oshirilgan.
Hozirgi kunda N.J. tomonidan uyda tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlarini maktabga olib kelishi va uni o‘quvchilarga sotishiga chek qo‘yilganini ma’lum qilamiz.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.