Yangiliklar
YANA BIR FARG‘ONALIK OʻQUVCHI FAN OLIMPIADASINING RESPUBLIKA BOSQICHIDA FAXRLI OʻRINI EGALLADI
22-may 2023-yil
Xabaringiz bor, kuni kecha viloyatimizda o‘tkazilgan ona tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, o‘zbek tili va adabiyoti, qozoq tili, tojik tili, qoraqalpoq tili va adabiyoti, tarix hamda geografiya fanlaridan Asosiy olimpiadaning IV (respublika) bosqichiga Farg‘ona shahridagi 5-maktabning o‘quvchisi Xusanova Madinabonu Sharof qizi faxrli 3-o‘rini egallagandi.
Buxoroda o'tayotgan Asosiy fan olimpiadasining fizika, kimyo, biologiya fanlari bo‘yicha Respublika bosqichida muvaffaqiyatli qatnashgan yana bir farg‘onalik o‘quvchi – Farg‘ona tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning bitiruvchisi Minochdinov Akbarjon Kamoliddin o‘g‘li fizika fanidan 3-o‘rinni egalladi.
Ushbu yutuq bilan oʻquvchilarimiz, ularning ota-onasi va ustozlarini samimiy muborakbod etamiz.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.