Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Oltiariqda “Turon” maktab teatri tanlovining tuman bosqichiga start berildi

27-fevral 2025-yil
image

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamkorligidagi qo‘shma xati ijrosini ta’minlash, o‘quvchilarda notiqlik san’ati va sahna madaniyatini shakllantirish, ta’lim muassasalaridagi o‘quvchilar teatr studiyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy va intellektual qobiliyatini rivojlantirish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida “Turon” maktab teatri tanlovini o‘tkazish belgilangan.

Bugun Oltiariq tuman Madaniyat saroyida “Turon” maktab teatri tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Unda quyi bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 8 ta o‘quvchilar teatr jamoalari belashadilar.

Ma’lumot uchun, tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi tasarrufidagi maktablardan joriy yildagi mazkur tanlovda qatnashish uchun 603 ta jamoa ro‘yxatdan o‘tgan.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb