Yangiliklar
YОSH TEATR IXLOSMANDLARI SAHNADA
27-fevral 2025-yil
Bugun Rishton tumani Madaniyat markazida umumta'lim maktablari o'rtasida o'tkazilayotgan uch bosqichli "Turon" maktab teatri tanlovining tuman bosqichi bo'lib o'tdi.
6-10-sinf o'quvchilari ishtirok etadigan ushbu tanlovda sektorlardan saralab olingan jamoalar o'z iste'dodlarini namoyish etish uchun ikkita shart asosida o‘zaro bellashdilar.
Nizom talablari asosida shaffof va odilona o‘tkazilgan bellashuvda tumandagi 1-maktabning "Iqtidor" jamoasi — birinchi, 4-maktabning "Turon" jamoasi — ikkinchi va 58-maktabning "O'zbegim yoshlari" jamoasi — uchinchi o'rinlarga munosib, deb topildi.
Tadbir so‘ngida tanlov g‘oliblariga diplom va esdalik sovg'alar tantanali topshirildi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.