Yangiliklar
Bugun Marg‘ilon shahrida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi soha mas’ullari tomonidan “Korrupsiyaga qarshimiz” mavzuida ochiq muloqot tashkil etildi
27-fevral 2025-yil
Unda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mutasaddilari, shahar bo‘limi xodimlari, ta’lim muassasalari direktorlari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olgan boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat sho‘basi rahbari Nodirjon Ahmedov mamlakatimizda, jumladan, sohada korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, joylarda aniqlangan ayrim noxush holat va harakatlar xususida gapirdi. Shuningdek, ta’lim tizimida ham korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirish lozimligini alohida ta’kidladi.
Muloqot davomida Korrupsiyaning oldini olishda shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash muhim ekanligi va bu boradagi ishlarga ham to‘xtalib o‘tildi. Qabul qilingan hujjatlarni amaliyotda qo‘llash, korrupsiyagen holatlar guvohi bo‘lganda murojaat qilish tartibi haqida batafsil axborot berildi.
Tadbirda boshqarma vakillari Azizbek Ergashev va Boburjon Turg‘unboyev ham qatnashdilar.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.