Yangiliklar
"TURON" MAKTAB TEATRI TANLOVI DAVOM ETMOQDA
27-fevral 2025-yil
Xabaringiz bor, bugun Respublikamiz bo‘ylab "Turon" maktab o‘quvchilar teatri tanlovining tuman bosqichi o‘tkazilmoqda.
Tanlovning asosiy maqsadi o‘quvchilarda notiqlik san’ati va sahna madaniyatini shakllantirish, ta’lim muassasalaridagi o‘quvchilar teatr studiyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy va intellektual qobiliyatini rivojlantirish hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, madaniyat va san’at sohasiga qiziquvchi yoshlarning salohiyatini rivojlantirish, ijodiy ta’lim muhitini yaratishdan iborat.
Bugun mazkur tadbir Furqat tumanida ham yuqori saviyada tashkillandi. Ushbu bosqichda tumanda sektorlar bosqichida g‘olib bo‘lgan 8 ta jamoa jamoalar o‘zaro bellashdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 37-maktab jamoasi — birinchi, 3-maktab jamoasi — 2-o‘rinni, 3-o‘rinni — 4-maktab jamoasi egalladi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.