Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Rishton tumani Madaniyat uyida bo‘lim tasarrufidagi umumiy o'rta ta'lim maktablarining direktorlari, MMIBDO‘lari hamda O'IBDO‘lari ishtirokida "Kundalik.com" platformasidan foydalanish va uning afzalliklari bo‘yicha o‘quv amaliy- seminar bo‘lib o‘tdi.

20-may 2023-yil
image

Unda Xalq ta'limi vazirligining 2022-yil 24-iyundagi "Umumta‘lim maktablarida o‘quvchilar bilimini baholash jarayonini raqamlashtirish va ta‘lim jarayonida shaffoflikni ta‘minlash to‘g‘risida"gi 205-sonli buyruq va ushbu buyruqda ko‘rsatib o‘tilgan kundalik.com tizimida olib borilayotgan va kelgusida olib borilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berildi.

Tadbir yakunida kundalik.com tizimida o‘z faolligi bilan samarali mehnat qilib kelayotgan xodimlar "Kundalik ATT" ning tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar.

Mazkur tadbir Bag'dod va Uchko‘prik tumanlarida ham yuqori saviyada o‘tkazildi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb