Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

MARG‘ILONDA “IXTIROCHILIKKA QADAM” TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI BO‘LIB O‘TMOQDA

28-fevral 2025-yil
image

Maktabgacha va maktab taʼlimi  vazirligi tizimidagi umumtaʼlim muassasalari, Prezident, ijod,  ixtisoslashtirilgan maktablar hamda nodavlat umumtaʼlim   maktablarining 5-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida "Ixtirochilikka qadam" respublika tanlovi oʻtkazilmoqda.

Tadbirning Farg'ona viloyati hududiy bosqichi Marg'ilon shahar  ixtisoslashtirilgan maktabida o'tkazilmoqda.

Uni Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tasarrufidagi Olimpiadalar markazi vakili Sherzod Rustamov ochib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.

Mazkur muassasada tanlovni belgilangan tartibda va yuqori saviyada o‘tkazish uchun barcha sharoitlar muhayyo qilingan

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb