Yangiliklar
Bugun olis So‘xda tumanining Madaniyat uyi binosida respublika “Turon” maktab teatri tanlovning tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi
18-fevral 2025-yil
Xabaringiz bor, mazkur tanlovni o‘tkazishdan maqsad, o‘quvchilarda notiqlik san'ati va sahna madaniyatini shakllantirish, teatr studiyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy va intellektual qobiliyatini rivojlantirish hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iborat.
Nizom talablari asosida o‘tkazilgan ushbu bosqichda 1-o‘rinni 13-sonli umumta’lim maktabi jamoasi, 2-o‘rini 2-sonli umumta’lim maktab va 3-o‘rin 16-sonli umumta’lim maktabi jamoalari egallashdi.
Tadbir yakunlari bo‘yicha g‘olib jamoalarga maxsus diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.