Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

TOSHLOQDA TANLOV NAMUNAVIY TASHKILLANDI

28-fevral 2025-yil
image

 Avval xabar berganimizdek, Toshloq tumani Nayman QFY hududidagi Madaniyat saroyida respublika “Turon” maktab teatri ko'rik-tanlovining tuman bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi

Mazkur tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsad o‘quvchilarda notiqlik san'ati va sahna madaniyatini shakllantirish, teatr studiyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy va intellektual qobiliyatini rivojlantirish hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iboratdir.

Bugungi bosqichda tadbir ishtirokchilar 3 ta shart bo'yicha bilim va mahoratlarini mohirona namoyish etdilar.

Namunaviy o‘tkazilgan tadbirning ushbu bosqichda 1-o‘rinni 7-uumumiy o‘rta ta’lim maktabining “Ibrat” jamoasi, 2-o‘rinni 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabining "Zamin" jamoasi va 3-o‘rinni 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabning "Ezgulik" jamoalari egallashdi. 

Tadbir yakunida yuqori natijani qo‘lga kiritgan va g‘olib deb topilgan jamoalarga maxsus diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.

 

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb