Yangiliklar
Qo‘qon shahridagi 1-musiqa maktabida o'quvchilar o'rtasida “Turon” maktab teatri ko'rik-tanlovining shahar bosqichi yuqori saviyada tashkillandi
28-fevral 2025-yil
Mazkur bosqichda sektorlar bosqichida yaxshi natijalarga erishgan 8 ta jamoa bellashdi
Unda qatnashchilar Nizom shartlari bo'yicha o'z chiqishlarini namoyish qildilar. Yakunda eng ko'p ball jamg'argan 15-maktab o‘quvchilar jamoasi faxrli birinchi o'rinni egalladi va keyingi bosqichga yo'llanma oldi.
Tanlovda 2-maktabning jamoasi a'zolari ikkinchi va 5-VIDUM vakillari uchinchi pog'onani egallashdi.
G‘oliblar tantanali ravishda munosib sovg‘alar va diplom bilan taqdirlandilar.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.