Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Qo‘shaloq g'alaba

1-mart 2025-yil
image

Xabaringiz bor, kuni kecha kimyo fanidan ustozlar o'rtasida o'tkazilgan olimpiadaning viloyat bosqichi bo'lib o'tdi. Unda Oltiariq tumanidagi 4-IDUM isteʼdodli o'qituvchisi Muzaffar Abduqodirov  muvaffaqiyatli qatnashib, faxrli 1-o'rinni qo‘lga kiritdi. 

Shuningdek, mahoratli muallim kuni kecha bo‘lib o‘tgan vazir jamg'armasi sinov testida ham  yuqori natija ko‘rsatgan edi. Imtihonda qatnashdi va 95 balli natija ko‘rsatib, hamkasblariga o‘rnak bo‘lgandi. 

Ustozni va uning yaqinlari hamda jamoadoshlarini ushbu qo‘shaloq muvaffaqiyatlar bilan tabriklaymiz. 

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb