Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Farg'ona viloyati hududiy bosqichi g‘oliblarini taqdirlandilar

1-mart 2025-yil
image

Maktabgacha va maktab taʼlimi  vazirligi tizimidagi umumtaʼlim muassasalari, Prezident, ijod,  ixtisoslashtirilgan maktablar hamda nodavlat umumtaʼlim   maktablarining 5-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida "Ixtirochilikka qadam" respublika tanlovining Farg'ona viloyati hududiy bosqichi g‘oliblarini taqdirlash tabdiri bo'lib o'tdi.

Unda qatnashgan 70 nafarga yaqin loyiha mualliflariga tashakkurnomalar hamda turli nominatsiyalar bo'yicha g'olib jamoalarga esdalik sovg'alari topshirildi.

Yakuniy natijalarga ko'ra, 1-o'rin — Quvasoy shahar ixtisoslashtirilgan maktabning "Economical school" loyihasiga, 2-o'rin — Quva tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internat "Soat moduliga ulangan aqlli qo‘ng‘iroq" loyihasiga, 3-o'rin — Farg‘ona shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab "Metod IQ" loyihasiga loyiq deb topildi. 

Tanlovda qatnashgan Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tasarrufidagi Olimpiadalar markazi vakili Sherzod Rustamov g'olib  ishtirokchilarni samimiy tabrikladi va Resbuplika bosqichida ularga omad tailadi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb