Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

ZAMONDOSH

1-mart 2025-yil
image

Shermatova Nozima Faritovna 1998-2002-yillarda TVDPI ning o‘zbek tili va adabiyoti fakultetini muvaffaqiyatli tamomladi. 2004-yilda Farg‘ona viloyati Furqat tumanidagi 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi sifatida ish faoliyatini boshladi. 

Muallima yillar davomida o‘z ustida ishlashni tark etmadi. Yutuqlar uni yanada samarali ishlashga chorladi. 2022-yilda u ona tili va adabiyot fanidan oliy toifa malaka sertifikatiga ega bo‘ldi. Intilishlari bois, 2024-yilda ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikatni ham qo‘lga oldi.
 
 Chin yurakdan kelajak avlodga bilim berib, a’lochi shogirdlar safini kengaytirishi samarali natijalarni bera boshladi.

O‘quvchilari fan olimpiadasida tuman, viloyat bosqichlarida faxrli o‘rinlarni egallab, ustoz ishonchini oqlashga harakat qilishdi. ”Jadidlar izidan” Respublika tanlovida esa u taʼlim bergan o‘quvchi viloyat bosqichida faxrli o‘rinning sohibi bo‘ldi.

Kuni kecha Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri jamg‘armasiga davogar sifatida attestatsiyada muvaffaqiyatli qatnashib, 90 balli natija ko‘rsatdi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb