Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining Farg‘ona viloyati bosqichi g‘oliblari ma’lum bo‘ldi

18-may 2023-yil
image

Xabar berganimizdek, bugungi tanlovda viloyatdagi 19 ta tuman va shaharlarida birinchi bosqichda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar ishtirok etishdi.

Tanlovga ajratilgan vaqt davomida o‘quvchilarimiz o‘z bilimlarini javob varaqalarida namoyon qildilar.

Natijalar esa quyidagicha;
1-o‘rinni Farg‘ona shahridagi 6-maktab o‘quvchilari egallab, 250 000 000 so‘m; 2-o‘rinni Marg‘ilon shahridagi 11-maktab o‘quvchilari egallab, 200 000 000 so‘m va  3-o‘rinni Bag‘dod tumanidagi 25-maktab o‘quvchilari egallab, 150 000 000 so‘m pul mablag‘larini qo‘lga kiritishdi.

G‘oliblarni viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqfarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov taqdirladi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb