Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

RASMIY MUNOSABAT

6-mart 2025-yil
image

Ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan “Faoliyat yuritmayotgan korxona tanlov g‘olib bo‘ldi” mazmundagi xabar Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mutaxassislari tomonidan tegishli tartibda o‘rganib chiqildi.

O‘rganish jarayonida Oltiariq tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabini ta’mirlash uchun 2025-yil xarajatlar smetasiga 700,0 mln so‘m mablag‘ rejalashtirilganligi va ushbu rejalashtirilgan mablag‘lar 2025-yil 24 fevral kuni 25110012415995-sonli lot bilan “xarid.uzex.uz” maxsus axborot potaliga 699.7 mln so‘mlik qurilish mollari sotib olish uchun eng yaxshi takliflarni tanlash maqsadida tegishli tartibga ko‘ra, eʼlonga qo‘yilgani aniqlandi. 

Shuningdek, ushbu qo‘yilgan lot buyicha 2025-yilning 3-mart kuni “EXCELLENT FERGANA” mchj 698.1 mln so‘m bilan g‘olib, deb topilgan.

Ma’lum sabablarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentinig Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi Farg‘ona viloyat boshqarmasining joriy yil 4-mart kungi 28-1/22-79-sonli taqdimnomasiga asosan 2025-yilning 05.03.5-mart kuni yuqoridagi shartnomalar bekor qilinganligini ma’lum qilamiz. 

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb