Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ 

7-mart 2025-yil
image

Bugun Uchko‘prik tumanida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi soha mas’ullari tomonidan  “Korrupsiyaga qarshimiz” mavzuida navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi

Tadbirda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mutasaddilari, soha masʼullari, tuman hokimi o‘rinbosari hamda ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etishdi. 

Ochiq muloqot boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat sho‘basi rahbari Nodirjon Ahmedov sohada korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, salbiy holatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda ayrim aniqlangan noxush holatlar xususida gapirdi. Shuningdek, ta’lim tizimida ham korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirish lozimligini alohida ta’kidladi.  

Muloqot davomida Korrupsiyaning oldini olishda shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash muhim ekanligi va bu boradagi ishlarga ham to‘xtalib o‘tildi.

Qabul qilingan hujjatlarni amaliyotda qo‘llash, korrupsiyagen holatlar guvohi bo‘lganda murojaat qilish tartibi haqida batafsil axborot berildi. 

Tadbirda boshqarma bo‘lim boshliqi Abdujabbor G‘aniyev ham qatnashdilar.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb