Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

TABRIK

7-mart 2025-yil
image

Ayol – farzadlariga ona, oilaviy maslahatgo‘y do‘st, ayol – sevimli yor, ayol – bunyodkor, ayol – yaratuvchi. 

Muhtarama opa-singillar!
Avvalo, Sizlarni, Sizlarning timsolingizda barcha opa-singillarimiz, dilbar qizlarimizni ezgulik va go‘zallik bayrami  8-mart – "Xotin-qizlar bayrami kuni" bilan samimiy muborakbod etaman!

Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Chunki sizlar bilan hayotimiz go‘zal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir.

"Xalqaro xotin-qizlar bayrami" bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman.

Oilangiz, farzandlaringiz, el-yurtimiz baxtiga hamisha sog‘-omon bo‘linglar! 

Sherzod Dolimov, 
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb