Yangiliklar
8-mart — "Xalqaro xotin-qizlar bayrami"
7-mart 2025-yil
8-mart — "Xalqaro xotin-qizlar bayrami" kuni jonajon yurtimizga bahor nafasi kirib kelganidan darak beradi. Qutlug‘ sanada xotin-qizlarga ehtirom ko‘rsatish an’anasi yil sayin umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lib, yuqori maqom darajasiga ko‘tarilmoqda.
Bugun Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida ham 8 mart – "Xalqaro xotin-qizlar kuni" nishonlandi va bayram tadbiri tashkil qilindi.
Unda so‘zga chiqqanlar go‘zal ayollarni va opa-singillarimizni bahor va nafosat ayyomi bo‘lmish bayram bilan tabriklab, ularga uzoq umr, oilaviy baxt-saodat, bahoriy kayfiyat hamroh bo‘lishini tilab qoldilar.
Tadbirda bayram munosabati jamoadagi ayollarga alvon gullar va sovg‘alar ulashildi.
Fursatdan foydalanib, hamkasablarni shuningdek, sohadagi barcha ayollarni va ular orqali barcha mo‘tabar onaxon va opa-singillarimizni, Bahorning ilk ayyomi 8 mart – "Xalqaro xotin-qizlar kuni” bilan yana bir bor muborakbod etamiz.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.