Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

"Onajon Sizni juda yaxshi ko‘raman!"

17-may 2023-yil
image

Viloyatimizda uchinchi marotaba o‘tkazilayotgan “Onalarga ehtirom” festivali joylarda xush kayfiyat bilan tashkil etilmoqda

Bugun Quva tumanidagi “O‘zbegim” tantanalar saroyida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan “Onalarga ehtirom” tabiri o‘tkazildi. 

Marosimga boshqarma ishchi xodimlari hamda Maktabgacha va maktab ta’limi mutasaddilari o‘z onalari bilan birga tashrif buyurishdi. 

Fayzli dasturxon atrofida jam bo‘lganlarni viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov qutladi. 

Tadbir doirasida rahbar tashabbusi bilan boshqarma tomonidan tayorlab qo‘yilgan esdalik sovg‘a va guldastalarin barcha o‘z onalariga taqdim etib, “Onajon men Sizni juda yaxshi ko‘raman!” deb hurmat bajo keltirdilar.

Marosimda so‘z olganlar yurtimizga tinchlik, barchaning kasbi-koriga baraka, ta’lim sohasiga rivoj tiladilar. 

Munis onaxonlar bugungi e’tibor va etirofdan mamnun bo‘lib, tadbir tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirdilar.

Tadbirda yaponiyalik mutaxassis Goto Mikako ham ishtirok etdi. 
Kuy va qo‘shiqlar va davradagi o‘yin-kulgular tadbirga o‘zgacha fayz kiritdi.        

                                                                                         
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb