Yangiliklar
“Mo‘‘tabar ayol” ko‘krak nishoni tantanali topshirildi
8-mart 2025-yil
So‘x tumanida 8-mart — "Xalqaro xotin-qizlar kuni"ga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hay’atining qarori asosida Sarikanda mahallasida yashovchi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabi rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi Lolaxon Mahmatovaga “Mo‘‘tabar ayol” ko‘krak nishoni mutasaddilar tomonidan tantanali topshirildi.
Tadbir davomida turli sohalarda faoliyat olib borayotgan va namuna ko‘rsatgan xotin-qizlarga tuman hokimligi va tumandagi barcha korxona-tashkilot va muassasalar tomonidan tayyorlangan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
Ona qadrini ulug‘laydigan yurt farzandlarimiz, biz uchun ona qadri va uning qiymati barcha narsadan ustundir. Sahnada So‘x tumani Chumoqcha mahallasidagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari o‘z qo‘shiq va raqslari bilan barcha tadbir ishtirokchilarini xushnud etdilar.
Tadbir san’atkorlarning ko‘y-qo‘shiqlari, ishtirokchilarning ajoyib raqslari bilan davom etdi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.