Yangiliklar
"Info teach – 2025"
10-mart 2025-yil
Bugun Farg‘ona shahridagi Islom Karimov nomidagi Farg'ona san'at saroyida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish markazi va Farg‘ona viloyat hokimligi hamkorligidagi umumta’lim maktablari informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan "Info teach – 2025" forumi o‘z ishini boshladi.
Unda viloyatdagi umumta’lim maktablari ta’lim muassasalarining informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari hamda soha mas’ullari ishtirok etishmoqda
Ikki kun davom etadigan mazkur tadbirni viloyat hokimining o‘rinbosari Sherzod Polvonov va Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Sarvar Mo‘minov ochishib, forum ishiga muvaffaqiyatlar tilashdi.
Forum doirasida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o'qituvchilarini sun'iy intellekt bo'yicha bilim va ko'nikmalarini oshirish, maktablarga AKT yangi loyihalarining imkoniyatlari, o'qituvchilarning mavjud ehtiyojlari asosida kasbiy mahoratlarini takomillashtirish hamda sohadagi yangi yo'nalishlar bilan tanishtirish belgilangan.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.