Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Fargʻona viloyatida 1000 dan ortiq informatika fani oʻqituvchilarining malakasi oshirildi

10-mart 2025-yil
image

 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi hamda Fargʻona viloyati hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “InfoTeach — 2025” forumining birinchi kuni yakunlandi.

Forum doirasida tashkil etilgan seminar-treninglarda informatika fani o‘qituvchilari uchun sun’iy intellekt, frilanserlik, olimpiada tayyorgarligi va zamonaviy texnologiyalar haqida so‘z bormoqda.

Treninglarda o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, zamonaviy raqamli texnologiyalar bilan tanishtirish va ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha maʼruzalar boʻlishi koʻzda tutilgan.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb