Yangiliklar
Raqamli texnologiyalar vazirligi tashabbusi bilan tashkilangan ushbu maqsadli tadbir ikki kun davom etdi
11-mart 2025-yil
Xabaringiz bor, Farg‘ona shahridagi Islom Karimov nomidagi Farg'ona san'at saroyida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish markazi va Farg‘ona viloyat hokimligi hamkorligidagi umumta’lim maktablari informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan "Info teach – 2025" forumi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur forumda minga yaqin soha o‘qituvchilari va mas’ullari ishtirok etishmoqda.
Forumning birinchi kuni yuqori saviyada o‘tkazildi. Unda ishtirokchilar “Maktablarga AKT bo’yicha yangi loyihalarning imkoniyatlari, joriy etishdagi muammo va yechimlar” mavzuida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Boshqarma boshlig’i Sarvar Muminov, “Frilanserlik Tafakkuri: Mustaqil daromad va global muvaffaqiyat sari yo‘l” mavzuida Eurosoft korxonasi asoschisi Murod Sodiq, “Kasbiy charchoqning oldini olish: O‘qituvchilar uchun motivatsiya va energiya manbalari” mavzuida Barno Tursunaliyeva, “O‘quvchilarni Xalqaro olimpiadalarga yo‘naltirish. O’quvchilar uchun mavjud xalqaro olimpiadalar va ularning turlari (IOI, IZhO, APIO, ICT4 Girls va Al-Xorazmiy olimpiadas” mavzuida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchisi Feruza Umarova, “Cambridge University Press IAT fani dasliklari asosida o‘o‘quvchilarning raqamli ko‘nikmalarini oshirish va pedagogik mahoratin irivojlantirish” Yashnobod tumani 216-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi Muhayyo Xudayberdiyeva, “Sun’iy intellektdan samarali foydalanish” mavzuida IT PARK Farg’ona filiali Start-up menejeri Muhammadqodir Abduvoitovning chiqishlari va ma’ruzalaridan bahramand bo‘lishdi
Bugun forum o‘z ishini davom etadi. Unda taniqli va tajribali spikerllarning qiziqarli va dolzarb mavzulardagi ma’ruzalari va chiqishlari rejalashtirilgan.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.